“Davr, jamiyat va inson” ilmiy jurnali jamiyat taraqqiyotiga ta'sir etuvchi falsafiy, huquqiy, siyosiy, tarixiy, pedagogik va psixologik jarayonlarni ilmiy tahlil qilish, ularning zamonaviy holatini yoritish hamda yangi ilmiy qarashlarni ommalashtirishni maqsad qilgan nashrdir.
Jurnal nashr siyosati akademik xolislik, ilmiy yangilik, manbalar bilan ishlash sifati, maqola tahriri va nashr etikasi tamoyillariga tayangan holda olib boriladi. Nashr sahifalarida nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda amaliy ahamiyatga ega ilmiy ishlanmalar, tahliliy maqolalar, ilmiy sharhlar va fanlararo tadqiqotlar ham yoritilishi ko'zda tutiladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha dolzarb va sifatli ilmiy tadqiqotlarni e'lon qilish.
Fanlararo muloqotni rivojlantirish va ilmiy natijalarni amaliyot bilan bog'lash.
Falsafa, tarix, huquq, siyosat, pedagogika, psixologiya va boshqa turdosh yo'nalishlar.